← Javonga qaytish

Ona (Alisherning onasi)

She'r (Alisher Navoiyning onasi — Ma'suma begimga) · She'r

Ona — eng ulug' zot,
Bag'ri — keng dunyo.
U bilan yechilar
Ko'plab muammo!

U dono sarbondir
Umr yo'lida.
Ne-ne buyuk zotlar
O'sgan yo'lida.

***

Kiprigida asrab
Jon parchasini,
Lang ochgan olamning
Darichasini.

Yemakni o'rgatgan,
So'zni — kalomni,
Odob ila axloq
Va assalomni.

O'rgatgan zukkolik,
Rostlik, poklikni.
Shirin suxanlig-u
Chin o'rtoqlikni.

Alisher onasi —
Ma'suma — begim!
Sizdek ulug' zotga
Keldi so'z degim.

– Navoiydek buyuk,
Daho berib — siz,
Avlodlarni abad
Xushnud qilibsiz.

Besh yarim asrkim
Alisher — tirik.
O'qir xalq merosin
Qoqmasdan kiprik.

Halollik — ma'rifat,
Do'stlik — adolat,
Bosh mavzu shoirda
Vijdon — diyonat.

Uning umri quyosh
Umridek uzun.
Siz ham, begim, borsiz
Har dilda bugun.

Topshiriqlar