Tog'lar qanday paydo bo'lgan?
Do'stlar sayohati · Hikoya
Bir kuni Sherzod dadasi bilan tog'ga boribdi.
— Voybo'! Buncha yuksak bo'lmasa bu tog'lar! — deb hayratlanibdi Sherzod va: — Dada, ularni kim yasagan? — deb so'rabdi dadasidan.
— Ular vulqonlardan paydo bo'lgan, — deb javob beribdi unga dadasi. — Biz turgan joyimiz yerning qattiq yuzidir, uning tagida esa suyuqlik bor. U judayam qaynoq. Ba'zan bu suyuqlik yer yuzasiga chiqadi, ba'zan esa yo'q. U tashqariga yer qatlamini ko'tarib otilib chiqadi.
— Ana shu vulqon deb ataladimi?
— Ha, ana shu vulqon deyiladi. Ko'plab vulqonlar o'chdi. Lekin tog'lar qoldi. Vulqondan juda ko'p miqdorda lava va kul otilib chiqishi natijasida hosil bo'lgan tog'lar bor. Yer qatlami siljib burmalar hosil bo'lishi natijasida paydo bo'lgan tog'lar ham bor. Shuningdek, yer qatlamining yorilishi tufayli ham tog'lar paydo bo'ladi.
— Ajabo! — debdi Sherzod hayratlanib. — Yer usti qattiq ko'ringani bilan u siljishi, ko'tarilishi va yorilishi ham mumkin ekan-da!
— Endi tog'lar qanday paydo bo'lganini tushundingmi? — so'radi undan dadasi.
— Ha, mana endi tushundim, — deb javob berdi Sherzod.
Topshiriqlar
- 1-topshiriq: To'g'ri yoki Noto'g'ri
- 2-topshiriq: Bo'sh joyni to'ldiring
- 3-topshiriq: To'g'ri javobni tanlang
- 4-topshiriq: Og'zaki savollar